O‘zbekistonda kimlar ko‘p maosh oladi?
Bu qiziq
−
27 aprel
49860Kecha, 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi o‘rtacha oylik ish haqining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 2024 yilning mart-yanvar oylari uchun ish haqi reytingini e’lon qildi.
Statistika agentligiga ko‘ra, moliya va sug‘urta sohasida xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar respublika bo‘yicha eng ko‘p daromad oladi va ularning bir oylik maoshi 13,2 million so‘mni tashkil etadi. Keyingi o‘rinni 11,7 million so‘m maosh bilan axborot-kommunikatsiya sohasi xodimlari egalladi. Yuqori uchlikni tashish va saqlash sohasi 7,3 mln so‘m maosh bilan yakunladi.
Keyingi o‘rinlarda:
- sanoat – 6,1 mln so‘m;
- savdo – 5,6 mln so‘m;
- qurilish – 5,3 mln so‘m;
Shuningdek, o‘qituvchilar (3,4 mln so‘m) va shifokorlar ( 3,2 mln so‘m) eng kam miqdorda mablag‘ olishda davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, ko‘rsatilgan davrda respublika bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 4,9 million so‘mni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar eng ko‘p pulini nimaga sarflayotgani ma’lum qilingandi.
Rayhona Ulkanbayeva