O‘zbekistonda prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
08 dekabr 2019
7087O‘zbekistonda kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda ma’lum qildi.
"Shu orqali surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, ya’ni o‘zaro tiyib turish tamoyillarini ta’minlash imkoni yaratiladi. Bunday muhim o‘zgarish ham bizning tajribamizda birinchi marta joriy etilmoqda.
Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, ta’bir joiz bo‘lsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qancha-qancha odamlar nohaq jabr chekkani, adolatsizlikka duchor bo‘lgani ham ayni haqiqat. Qanchalik og‘ir va noxush bo‘lmasin, biz shu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirishga kirishdik.
Ishonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish bo‘yicha rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etish hayotimizda adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam bo‘ladi", deydi davlat rahbari.
LiveBarchasi