O‘zbekistonda professional futbol klublari boshqaruv tizimi tijoratlashtiriladi

Sport

image

Endilikda futbol sohasi bozor mexanizmlari asosida boshqariladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni loyihasida keltirilgan.

Unga ko‘ra, futbolni moliyalashtirish tizimi rivojlantiriladi va tijoratlashuv mexanizmlarini joriy etishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

•    professional futbol klublari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazib boriladi, xususan 2021 yilgi mavsumdan boshlab A Pro-liga va V Pro-ligada ishtirok etuvchi klublar ta’sischiligida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tuzilmalar ishtiroki to‘liq cheklash bo‘yicha choralar belgilanadi;

•    professional futbol klublari boshqaruv tizimi tijoratlashtiriladi, jumladan 2020 yildan boshlab har bir klubning aniq biznes strategiyasini ishlab chiqilishi ta’minlanadi;

•    davlat ulushi mavjud bo‘lgan yirik korxona va tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan futbol klublari bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazib boriladi;

•    stadionlarga futbol muxlislarini keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi (shu jumladan abonement sotuvi)ni joriy qilish, qolaversa, stadionlar infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari” (xostel, ovqatlanish, fitnes, sport maktablari va boshqalar) tashkil etiladi, klublar va stadion muzeylari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

•    futbol sohasi sub’ektlari faoliyatini tijoratlashtirish maqsadida “futbol merchandayzingi” (klublar atributikasi, suvenir va epikirovkalar majmui yaratiladi, turistik sayohat marshrutlari va boshqalar) joriy qilinadi;

•    taniqli xorij klublari va futbolchilari ishtirokida sport festivallari hamda sport lotereyalari tashkil etish orqali stadionlarga muxlislarni jalb qilish mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi;

•    bukmekerlik faoliyatidan kelib tushadigan pul mablag‘larini shu jumladan futbolni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi, futbolga ixtisoslashtirilgan sport ta’lim muassasalari faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, qaror loyihasiga o‘zgartirish kiritilishi yoki tasdiqlanmasligi mumkin.

Shahnoza To‘ramurotova
 


Maqola muallifi

Teglar

Futbol

Baholaganlar

50

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing