O‘zbekistonda poyezdlar chiptasining narxi oshdi
Jamiyat
−
01 noyabr 2023
11167Joriy yilning 1 noyabridan mahalliy poyezdlarning chipta narxlari oshdi. "O‘ztemiryo‘lovchi" kompaniyasi сайтида chiptalar narxi o‘zgargan holda sotila boshlandi.
QALAMPIR.UZ ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida kompaniya sotuv bo‘limi operatori bilan bog‘landi. Operator ushbu ma’lumotni tasdiqlab, "Afrosiyob" elektropoyezdi chiptasining narxi 60 foizga, boshqa yo‘lovchi poyezdlari chiptasining narxi esa 30−35 foizga oshirilganini ma’lum qildi.
"Masalan, ayni paytda Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishida harakatlanuvchi "Afrosiyob" poyezdi uchun chiptalar: ekonom klass – 308 ming, biznes klass – 401 ming, VIP klass esa 579 ming so‘mdan sotilyapti. Avvalroq chipta narxlari bunga qaraganda 60 foiz arzonroq bo‘lgan", deydi "O‘ztemiryo‘lovchi" xodimi.
Unga ko‘ra, Toshkent-Qarshi yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdining (o‘rindiqli) chiptasi ayni paytgacha 92 mingdan sotilgan bo‘lsa, endi uning narxi qariyb 35 foizga qimmatlab, 132 180 so‘m etib belgilangan.