O‘zbekistonda piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 martidan O‘zbekistonda piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, piyoz narxi barqarorlashgani sababli ushbu cheklov muddatidan oldin bekor qilindi.

Piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2023 yilning 1 apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan edi. Cheklov 4 oylik muddatga belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan tashqari, Tojikiston va Qirg‘izistonda ham piyoz eksporti cheklangandi. 3 martdan boshlab Qirg‘izistonda bu cheklov olib tashlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

eksport piyoz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing