O‘zbekistonda pandemiya vaqtida mahkumlar sharoiti o‘rganiladi

Jamiyat

image

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan insonlarning koronavirus infeksiyasidan qanchalik himoyalanganligi o‘rganiladi. Bu haqda "Yuksalish" umummilliy harakati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) va “Yuksalish” umummiliy harakati hamkorlikda joriy yilning 11 mayidan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida jamoatchilik monitoringi tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu bilan u yerdagi insonlar xavfsizligining ta’minlanishini o‘rganish hamda koronavirus pandemiyasi sharoitida yaratilgan sharoitlar, himoyalanish choralari bilan tanishiladi.

Shu munosabat bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Ombudsmanga koronavirus pandemiyasi davrida foydalanish uchun mo‘ljallangan shaxsiy himoya vositalari topshirilgan.

“Ushbu himoya vositalari monitoring guruhi a’zolariga jazoni ijro etish muassasalariga tashrif davomida foydalanish uchun taqdim etiladi. Bu ham xodimlar, ham o‘sha joylardagi insonlarga virus yuqishining oldini oladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Ombudsman

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing