O‘zbekistonda ovchilarga rasmiy maqom beriladigan bo‘ldi
Jamiyat
−
25 noyabr 2023
5591O‘zbekistonda ovchilarga ovchilik nazorati inspektori maqomi beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 609-son qarorida keltirilgan.
Hujjat bilan Ovchilik nazoratining jamoatchi inspektori to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra:
- jamoatchi inspektorlarning faoliyati adliya organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ovchilar jamoat birlashmalari tarkibida tashkil etilishi mumkin;
- inspektorlar soni ovchilar birlashmalari sonidan va ularning joylashuvidan kelib chiqib belgilanadi;
- inspektorlar o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar, ular bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi va ish staji hisoblanmaydi;
- inspektorlar vazifalarni bajarishga faqat ish joyidan bo‘sh vaqtlarida jalb etilishi mumkin;
- ariza 30 kun ichida ovchilar jamoat birlashmasi rahbarlik organi tomonidan Ekologiya vazirligi O‘rmon xo‘jaligi agentligi hamda ichki ishlar organlarining vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi;
- ariza qanoatlantirilganda shaxsga 3 yil muddatga tegishli guvohnoma beriladi.
Jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari:
- tabiatni muhofaza qilishga mas’ul davlat organlarini, shuningdek, ovchilik birlashmalarini, tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqida xabardor qilish;
- sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlashga qaratilgan, tabiatni muhofaza qilishga mas’ul inspektorlar tomonidan o‘tkazilayotgan patrullik reydlarida ishtirok etish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarni chegaraoldi hududlardagi begona va shubhali shaxslar haqida xabardor qilish.
Shuningdek, quyidagilarni belgilovchi Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari to‘g‘risida nizom tasdiqlanmoqda:
- kursga qabul qilish;
- o‘quv dasturi hajmini belgilash;
- tegishli guvohnoma berish;
- kurslarni tamomlagan shaxslarning reyestrini yuritish tartibi.
LiveBarchasi