O‘zbekistonda “otpuska” kunlari uzaytirilmoqda
Jamiyat
−
24 dekabr 2021
31857Yangi O‘zbekistonda katta ehtimol bilan mehnat ta’tili kunlari uzaytarilmoqda. Ushbu yangilikni o‘z ichiga olgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi shu kunlarda Senatda muhokama markazida bo‘lib turibdi.
Bugun, 24 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ekspertlar guruhi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ko‘rib chiqqan.
Muhokamalarda 1995 yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi va fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi, turli xil shakllarining faol rivojlanishini hisobga olmasligi, shuningdek, ish beruvchilar, xususan, qo‘shimcha ishchilarni mehnatga jalb qilishning sodda shakllarini tanlashga imkon beradigan moslashuvchan ish rejimlaridan keng foydalanish uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratmasligi ta’kidlangan.
Qayd etilishicha, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqishda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar jumladan, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Estoniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda MDH davlatlari tajribasi chuqur o‘rganilganh
“Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining maxsus qismi mehnat huquqining ayrim institutlariga bag‘ishlangan va bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabi yangi normalarni o‘z ichiga olgan”, deyiladi Senat axborotida.
Hujjat bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga avvalgi tartibdagidek 24 kadendar kuni emas balki yigirma yetti kalendar kun yillik uzaytirilgan ta’til berilishi belgilanmoqda.
Hujjat qachon qabul qilinishi va kuchga kirishi ma’lum emas.