O‘zbekistonda oltin, neft va gaz qazib olish uchun soliq kamaytiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qazilma boyliklarga o‘rnatilgan soliq stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga borganida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda mamlakatda konlarni geologik jihatdan o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘yicha Kanada, Fransiya, Yaponiya, Turkiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar kompaniyalari ish olib bormoqda.

Prezident chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yanada kengaytirilishini ta’kidladi. Xususan, mis va oltin bo‘yicha qazilma boyliklarga soliq stavkalarini 10 foizdan 7 foizga, tabiiy gaz va neft bo‘yicha 10 foizga, uran bo‘yicha 8 foizga, volfram bo‘yicha 10 foizdan 2,7 foizga tushirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

218

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing