O‘zbekistonda oila qurish uchun eng ommalashgan yosh ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-aprel oyida yoshi 50 dan oshgan 485 nafar ayol va  2088 nafar erkak turmush qurgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Statqo‘mga ko‘ra, yanvar oyida 20 yoshgacha nikoh qurish bo‘yicha qizlarning oshig‘i olchi bo‘lgan. O‘tgan oyda 19 976 nafar 20 yoshgacha bo‘lgan qiz turmushga chiqqan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i 702 nafar 20 yoshgacha bo‘lgan yigitchalar kuyov bo‘lgan. 

Yigitlar va qizlar orasida oila qurish yoshining 20-30 yosh oralig‘i eng yaxshi davr sifatida tanlanayotganini quyidagi ma’lumotdan ham ko‘rish mumkin. O‘tgan oy 20-30 yosh oralig‘idagi 42 543 ta qiz va 55 984 ta yigit oila qurgan. 

O‘ttizdan o‘tgan o‘tin, qirqqa chiqqan qirchillagan degan gaplarni qo‘ying. Turmush qurish borasida bu yoshdagilar ham chakki emas. 31-40 yosh oralig‘idagi 7 264 ayol, 10 014 erkak yanvarda o‘z juftini topgan.

41-50 yosh orasida turmush qurganlarning 1 605 nafarini ayollar,  3 085 nafarini erkaklar tashkil etmoqda. 

Muhabbat yosh tanlamaydi. Shu ma’noda o‘tgan oyda 51 va undan katta yoshdagi  485 nafar ayol va 2088  erkak turmush qurishga jazm qilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning may oyida respublika bo‘yicha 18 492 ta nikoh holatlari qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

oila nikoh turmush

Baholaganlar

2739

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing