O‘zbekistonda noqulay ob-havo hafta oxirigacha saqlanib qolishi kutilyapti. FVV murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 noyabr kuni boshlangan noqulay ob-havo sharoiti 20 noyabr kuniga qadar davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shamol tezligi 15-20 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat pasayib, kechasi 8-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

“Havo haroratidagi keskin o‘zgarishlar natijasida yo‘llarda muzlama va tirbandliklar hosil bo‘lishini e’tiborga olib, zaruratsiz shaxsiy transport vositalaridan foydalanish tavsiya etilmaydi!”, deyiladi FVV xabarida.

Vazirlik fuqarolarni ish va yashash joyida elektr uskunalari va isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo FVV

Baholaganlar

687

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing