O‘zbekistonda mobil telefon importi keskin ko‘paydi
Jamiyat
−
29 Oktabr 2021 8701 1 daqiqa
2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 133,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,9 mln. dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln. donaga oshgan. O‘zbekistonga 13 ta davlatdan mobil telefonlar import qilingan.
Mobil telefonlar eng ko‘p import qilingan davlatlar:
- Xitoy – 69,6 mln.
- Vetnam – 49,6 mln.
- Hindiston – 6,6 mln.
- Qozog‘iston – 5,5 mln.
- BAA – 960 ming
- Germaniya – 647 ming
- Rossiya – 175,8 ming
- Koreya – 61,1 ming AQSH dollar.
Avvalroq, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan 558 ta elektromobil import qilingani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi