Tezkor: O‘zbekistonda masjidlarda namoz o‘qishga ruxsat berildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yil 5 iyundan “yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat berildi.

Bunda:
•    diniy tashkilotlar binolarining doimiy ravishda dezinfeksiya qilinishi;

•    ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash; 

•    xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi; 

•    ijtimoiy masofani saqlashi; 

•    namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda); 

•    har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37°S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda kiritmaslik choralarini ko‘rish; 

•    jamoaviy diniy marosimlar (juma namozi va boshqalar)ni o‘tkazmaslik talab etiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

namoz

Baholaganlar

924

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing