O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan pulemyot ishlab chiqarildi

Jamiyat

image

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalardan birida masofadan boshqariladigan jangovar modul ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, soha mutaxassislari tomonidan mahsulotning barcha konstruktorlik-texnik hujjatlari ishlab chiqilib, ular asosida yirik kalibrli pulemyot hamda zamonaviy elektron-optik kuzatuv va nishonga olish moslamalari bilan jihozlangan jangovar modulning tajriba namunasi ishlab chiqildi.

Hozirda yangi qurol zavod sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonda “Tarlon” yengil zirhlangan avtomobili ishlab chiqarilgani va sinovlari boshlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

873

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing