O‘zbekistonda mashinaning YTHga uchraganini tekshirish uchun davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image
2022 yildan 12 ta hujjat talab qilinmaydi north_east

2022 yildan 12 ta hujjat talab qilinmaydi

Joriy yilning dekabr oyidan avtomobillarning necha marta yo‘l-transport hodisasiga uchragani va avtomobil bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazidan olish mumkin bo‘ladi. Bu O‘zbekiston Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.

Farmon bilan “Avtomobil tarixi” davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 dekabrdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da avtomototransport vositalariga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi orqali “avtomobil tarixi” ma’lumotlarini shartnomaviy asosda aniqlash davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda avtomobilning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanasi, yurgan masofasi, fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi, yo‘l transport hodisasi sodir etilganligi va boshqalar haqida ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH avtomobil'

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing