O‘zbekistonda maktab bitiruvchisiga attestat berish tartibi o‘zgartiriladi
Jamiyat
−
01 iyul 2021
28918O‘zbekistonda maktablarning 10–11-sinf o‘quvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar va talabalar forumida ma’lum qildi.
“Bundan buyon maktab bitiruvchisiga attestat berishda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kamida bitta kasb yoki hunarni egallash majburiy qoida bo‘ladi. Bu tizim davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan birga yo‘lga qo‘yiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, olib borilgan amaliy ishlar natijasida o‘tgan 8 oy mobaynida "yoshlar daftari"ga kirgan 430 ming nafar yigit-qizning muammolarini hal etish uchun 300 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Jumladan, "temir daftar"dagi oilalar farzandlari bo‘lgan 2 mingdan ziyod talabalarning kontrakt puli to‘lab berildi.
LiveBarchasi