O‘zbekistonda Madrid futbol klubining akademiyasi ochilishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduxakimov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahriga xizmat safarida “Atletiko Madrid” futbol klubi rahbariyati va mutasaddilari bilan uchrashdi.

“Atletiko Madrid” futbol klubi vitse-prezidenti Inigo Aznar O‘zbekiston bilan hamkorlik katta natijalar olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Atletiko Madrid” klubi vakillari O‘zbekistonda futbol akademiyasini tashkil qilishni taklif qilgan. Klub rahbariyati tez orada O‘zbekiston tomoniga tijoriy taklif yuborishini, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan taqdirda, klub mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Madrid

Baholaganlar

69

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing