O‘zbekistonda kutilayotgan sovuq mevali daraxtlarga zarar yetkazishi mumkinligi aytildi

Jamiyat

image

Fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida g‘ayritabiiy yuqori havo harorati hisobiga mevali daraxtlar, tut va tokning bahorgi vegetatsiyasi o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 2,5-3 hafta erta boshlandi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

O‘n kunlikning birinchi yarmida respublika hududining katta qismida mevali daraxtlarda yalpi kurtaklarini bo‘rtishi va ochilishi boshlandi; o‘n kunlikning oxiriga kelib, erta gullaydigan mevali daraxtlarni gullashi boshlandi. Respublikaning janubida erta gullaydigan mevali daraxtlarning gullashi fevral oyining birinchi o‘n kunligida boshlanib, ikkinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, gullash yalpi bo‘ldi.

25-27 fevralda kutilayotgan sovuqlar mevali daraxtlarning yozilgan kurtaklari va gullariga zarar yetkazadi.

Avvalroq, O‘zbekistonga Rossiyadan sovuq va nam havo massasi kirib kelishi haqida xabar bergandik. Mamlakatning yua’zi hududlarida havo harorati -22 darajagacha pasayishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo sovuq

Baholaganlar

1839

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing