O‘zbekistonda kuchli shamol tufayli 50 mingdan ortiq iste’molchi “svet”siz qoldi

Olam

image

O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida kuchli shamol oqibatida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda bugun, 18 fevral kuni Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlarida 35 ming, Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlari 15 ming, Jizzax viloyatining Baxmal tumani  700 iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq havo haroratining pasayishi oqibatida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilyotgani, shu tufayli O‘zbekiston hududlarida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston Buxoro Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing