O‘zbekistonda “koyka”lar qancha bemorga yetadi?

Jamiyat

image

2020 yilning 1 yanvar holatiga respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1205 tani tashkil etyapti. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Shu davrda nodavlat shifoxonalar soni 575 tani (jamiga nisbatan 47,7 foiz) tashkil etdi. 2018 yilga nisbatan shifoxonalar soni 40 taga (o‘tgan yilga nisbatan 3,4 foiz) ko‘paygan.

Shifoxonalardagi o‘rinlar soni 153,4 mingtani tashkil etib, shundan nodavlat shifoxonalardagi o‘rinlar soni 18,7 mingtani (jamiga nisbatan 12,2 foiz) tashkil etadi.

Aholining shifoxona o‘rinlari bilan ta’minlanganligi bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki, har 10 000 aholiga nisbatan shifoxona o‘rinlari soni 45,2 tani tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

statistika shifoxona

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing