O‘zbekistonda korrupsiyaga moyil sohalar va lavozimlar ro‘yxati shakllantiriladi
Jamiyat
−
29 may 2019
6545Avval ma’lum qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 27 may kuni “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Фармонга muvofiq belgilandiki, 2019 йил 1 iyuldan boshlab davlat organlari zimmaga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy baholab boradi, uning yakunlari bo‘yicha:
• korrupsiya xavf-xatariga eng ko‘p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari, shuningdek, ularning funksiyalari (vakolatlari)ning ro‘yxatini shakllantiradi;
• idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari ijrosining ҳар choraklik monitoringini amalga оширади va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimum darajaga tushirish choralarini ko‘radi;
• Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda ҳар yilgi idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarini tasdiqlaydi;
• ҳар yili Idoralararo komissiyaga tegishli органлар va tashkilotlar faoliyatida, shu jumladan, qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali korrupsiya xavf-xatarlariga barham berish bo‘yicha takliflarni kiritadi;
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korrupsiya xavf-xatarlarini o‘z vaqtida aniqlamaganliklari va tegishli baho bermaganliklari, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yo‘l qo‘yganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo‘ladi.
LiveBarchasi