O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar 1 mlndan oshdi
Jamiyat
−
18 iyul 2021
2910Kecha, 17 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 124 179 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 007 993 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 98 702 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 14 518 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 10 959 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 5 645 153 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 3 544 032 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 1 534 789 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 566 332 nafarni tashkil qildi.
17 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Farg‘ona viloyati (23 802 doza),
- Namangan viloyati (16 315 doza),
- Samarqand viloyati (11 940 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 730 720 doza,
- Namangan viloyatida 727 124 doza,
- Andijon viloyatida 629 418 dozani tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi