O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni keskin ortdi
Jamiyat
−
29 mart 2020
38694O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana 29 nafarga oshib, 133 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Kecha, 28 mart holatiga ko‘ra koronavirus yuqtirib olgan bemorlar 104 nafarni tashkil etayotgandi. Mamlakatda 2 nafar bemor vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr