O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 3 nafarga ortdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana uchtaga oshib, 59 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch nafar fuqaroda aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

455

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing