O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana sikkiz nafarga oshib, 158 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ushbu infeksiya shu yilning 12 martida Turkiyada bo‘lib, kasalligi tasdiqlangan bemor bilan  yaqin muloqotda bo‘lgan 2 nafar namanganlik, ikkinchi marhum bilan yaqin muloqotda bo‘lgan  asli navoiylik 2 nafar  kishida, ya’ni ona va bolada, shuningdek, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 4  nafar toshkentlik fuqaroda aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha 7 kishi kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing