O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 200 nafardan oshdi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
18232O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni ayni paytgacha yana 15 nafarga oshib, 205 nafarga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Avvalroq, koronavirusga chalingan bemorlarning 13 nafari (jami 25 nafar)to‘liq tuzalgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlarning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi