O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish kamaydi

Salomatlik

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari yana 100 tadan kamayishni boshladi. Xususan, kecha, 27 iyun kuni mamlakatda 91 kishida ushbu kasallik qayd etilgan. Bu 26 iyundagi bemorlar soniga ko‘ra 42 taga kam degani.

27 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240569 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
•    5 nafari Buxoro viloyatida;
•    6 nafari Jizzax viloyatida;
•    9 nafari Qashqadaryo viloyatida;
•    5 nafari Navoiy viloyatida;
•    12 nafari Samarqand viloyatida;
•    2 nafari Sirdaryo viloyatida;
•    10 nafari Surxondaryo viloyatida;
•    11 nafari Farg‘ona viloyatida;
•    1 nafari Xorazm viloyatida;
•    3 nafari Toshkent viloyatida;
•    26 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Andijon viloyatida 5 nafar;
•    Buxoro viloyatida 7 nafar;
•    Qashqadaryo viloyatida 6 nafar;
•    Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
•    Toshkent viloyatida 8 nafar;
•    Toshkent shahrida 10 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237941 (+38) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

134

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing