O‘zbekistonda konsert dasturlari o‘tkazishga ruxsat berildi
Madaniyat-san’at
−
26 yanvar 2021 10586 1 daqiqa
So‘nggi kunlarda kelib tushgan ko‘plab madaniyat sohasi vakillarining murojaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, halqimizni madaniy xordiq chiqarishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida konsert-tomosha tadbirlarini joriy yilning 28 yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan konsert va tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:
• konsert saroylarining tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish;
• konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan o‘rindiqlarni konservatsiya qilish;
• konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qat’iy niqobda (maskada) bo‘lish.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025