O‘zbekistonda xorijiy valyutaga talab taklifdan deyarli ikki barobar ko‘p – MB

Jamiyat

image

Joriy yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 8,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2018 va 2019 yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,2 barobarga o‘sdi. Yil boshidan milliy valyuta kursi 7,2 foizga, iyun oyida esa 0,4 foizga qadrsizlandi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Joriy yilning I yarim yilligida milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi ichki valyuta bozoridagi talab va taklifning fundamental faktorlari hamda tashqi omillar ta’sirida shakllandi.

Ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi (mln. AQSH doll.)

Ichki valyuta bozori segmentlari kesimida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi

I.Chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘zgarish dinamikasi

1.1. Yuridik shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar

Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2020 yilning dastlabki 6 oyligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 foizga o‘sib, 6,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi (2019 yil yanvar-iyun oylari - 6,1 mlrd. AQSH doll.).

Mazkur davrda, birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik sub’ektlari tomonidan 1,6 mlrd. AQSH dollari miqdorida chet el valyutasi sotib olinib, valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi esa 4,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

2020 yil yanvar-iyun oylarida birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi dinamikasi
(banklarning yuridik shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiyalari)

(mln. AQSH doll.)

2020 yil yanvar-iyun oylarida birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi dinamikasi

Valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibida asosiy ulush (63 foiz) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 21 foizi – xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 13 foizi – xorijiy kreditlarni so‘ndirish, qolgan 3 foizi – boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan.

2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi (foizlarda)

2020 yilning yanvar-iyun oylari davomida chet el valyutasini sotib olish maqsadlari tarkibi

2020 yilning yanvar-iyun oylarida ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning oylik o‘rtacha soni 6253 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisabatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (6153).

1.2. Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar

Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 2,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar (797 mln. AQSH dollariga) oshdi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan 1,7 mlrd. AQSH dollari sotib olinib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos nisbatan 3,1 barobar o‘sdi.

Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 2,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 160 mln. AQSH dollariga kamaydi. Bunda joriy yilning iyun oyida pul o‘tkazmalari hajmi may oyiga nisbatan 27 foizга o‘sib, 621 mln. AQSH dollarni tashkil etdi.

2020 yil yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi (mln. AQSH doll.)

2020 yil yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi

II. Chet el valyutasi taklifi

2020 yilning I yarim yilligida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi (Markaziy bank intervensiyalarini hisobga olmagan holda) 4,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 foizga kamaydi.

Hisobot davrida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan 2,7 mlrd. AQSH dollari sotilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilning mos davriga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi (2,8 mlrd. AQSH dollari).

Ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari ulushi (foizlarda)

Ichki valyuta bozoridagi taklif manbalari ulushi

Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zahiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi. Joriy yil boshidan Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga 2,2 mlrd. AQSH dollari hajmida intervensiya amalga oshirilib, mazkur davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida bo‘ldi.

2019-2020 yillar yanvar-iyun oylarida valyuta birjasida amalga oshirilgan operatsiyalar va Markaziy bank intervensiyalari hajmi (mln. AQSH doll.)

2019-2020 yillar yanvar-iyun oylarida valyuta birjasida amalga oshirilgan operatsiyalar va Markaziy bank intervensiyalari hajmi

2020 yilning yanvar-iyun oylarida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 58 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 21 foizni tashkil etdi. 2019 yilning tegishli davrida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 50 va 23 foizga teng bo‘lgan.

2019-2020 yillarning yanvar-iyun oylari davomida importni moliyalashtirish manbalari (foizlarda)

2019-2020 yillarning yanvar-iyun oylari davomida importni moliyalashtirish manbalari


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyuta bozori

Baholaganlar

18

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing