O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mansur Ravshanov vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Mansur Ravshanov 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Mansur Temirovich Ravshanov 1937 yilning 4 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1961 yilda Toshkent Teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan. U “Alpomish”, “Boy ila xizmatchi”, “Maysaraning ishi”, “Jononga bordim bir kecha”, “Alisher Navoiy”, “Parvona”, “Nurxon”, “Ajab savdolar”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “O‘z arizasiga ko‘ra”, “Makr va muhabbat”, “Momo yer”, “Oq kema”, “Kelin va kuyov”, “Amir Temur va Yildirim Boyazid”, “Alpomishning qaytishi” kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Mansur Ravshanov Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissyor, bosh rejissyor bo‘lib ishlagan. Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatrining vujudga kelishiga katta hissa qo‘shgan.


Maqola muallifi

Teglar

san'at arbobi Mansur Ravshanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing