Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xayrulla Jo‘rayev 1945 yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor sifatida boshlagan. Shuningdek, u muharrir, bosh muharrir, “Videofilm” markazining direktori lavozimlarida ishlagan.

Jo‘rayev “Fuqaro”, “Barcha fazilatlar senda mujassam”, “Afg‘oniston, 85-yil kuzi”, “Ikki million tanish chehra” kabi to‘la metrajli hamda “Ahmatovlar oilasi”, “Abdumannon Umarov”, “Abdulla Qodiriy”, “Hamid Olimjon” kabi qisqa metrajli filmlari bilan o‘zbek xalqiga tanish hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi ta'ziya Kinematografiya kinorejissyor Xayrulla Jo'raev san'at arbobi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing