O‘zbekistonda ketma-ket ikki zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
07 mart
13729Bugun, 7 mart kuni O‘zbekiston hududida ketma-ket ikki zilzila kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi.
Mahalliy vaqt bilan 00:33 da zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi Toshkentdan 457 km janubiy-g‘arbda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 64,95 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 11 km.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Kasbi tumanida 2-3 ball, 45 km.
Nishon tumanida 2 ball, 61 km.
Muborak tumanida 2 ball, 64 km.
Qorovulbozor tumanida 2 ball, 71 km.
Qarshi shahrida 2 ball, 72 km.
Qarshi tumanida 2 ball, 73 km.
Koson tumanida 2 ball, 81 km.
Olot tumanida 2 ball, 90 km.
Shuningdek, birinchi zilziladan bir daqiqa o‘tib, soat 00:34 da yana yer silkinishi kuzatildi. Uning epimarkazi Toshkentdan 464 km janubiy-g‘arbda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida joylashgan.
Zilzila koordinatalari: 38,76 gradus shimoliy kenglik; 64,85 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,6. Chuqurlik 10 km.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 81 km.
Buxoro viloyatida 2 ball, 117 km.
Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatida, 5 mart kuni Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘lgandi.