O‘zbekistonda karantinni mehmonxonalarda o‘tkazish tartibi va narxlari belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan kirib kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ixtiyoriy ravishda o‘z hisoblaridan mehmonxonalarda karantinga olish tartibi belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda. 

Hozirgi kunda fuqarolarni karantin talablari asosida joylashtirishga yetarli sharoit yaratgan va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan mehmonxona faoliyatini yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatlari shakllantirildi. 

Unga ko‘ra: 

•    300 ming so‘mgacha narxdagi 599 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami - 13 ta;

•    301-500 ming so‘m narxdagi 4256 ta o‘ringa mo‘ljallangan jami - 54 ta; 

•    501 ming so‘mdan yuqori narxdagi 3616 o‘ringa mo‘ljallangan jami 35 ta mehmonxonalar ro‘yxati shakllantirilgan. 

“Shu o‘rinda, bitta reys orqali O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan fuqarolarning karantin davrida sanitar-gigiyenik xavfsizlik talablari joriy etilgan, Milliy gvardiya tomonidan tunu kun davomida qo‘riqlanadigan mehmonxonalarga tartibli joylashtirilishi, aholi o‘rtasida koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olish maqsadida mehmonxonalarning ro‘yxati har bitta narx toifasidan 3 tadan jami - 9 ta, eng kam narx taqdim qilgan mehmonxonalar kesimida e’lon qilib boriladi”, deyiladi xabarda. 

Bunda mehmonxonalar o‘rinlari soni karantinga olingan fuqarolar va qayd etilgan bronlar hisobiga to‘lgach, ro‘yxat yangilanib boriladi. 
Mehmonxonalarda karantin davrini o‘tkazish yuzasidan batafsil yo‘riqnoma ilova bu yerda
 


Maqola muallifi

Teglar

karantin mehmonxona

Baholaganlar

397

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing