O‘zbekistonda karantin vaqtida itlarni sayr qildirish tartibi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qarori bilan davlat organlari, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlar tomonidan avtotransport vositalari harakatlanishi uchun o‘zboshimchalik bilan ruxsatnomalar rasmiylashtirish yoxud boshqacha tarzda ruxsat berishi taqiqlandi.

Avtotransport vositalari harakatlanishi uchun o‘zboshimchalik bilan ruxsatnomalar rasmiylashtirish hamda bunday ruxsatnomalar asosida harakatlanish MJtKning 54-moddasiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qaror bilan Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni uydan 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirishga ruxsat berildi.

Fuqarolarning karantin davrida joriy etilgan tartib va qoidalar hamda “o‘zini yakkalash” hayot tarziga zid ravishda sababsiz uydan tashqariga chiqishi, jamoat joylarida bo‘lishi ham MJtKning 54-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda 16 martdan karantin rejimi o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing