O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzganlar soni keskin oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 mart kuni holatiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha jami 87 126 nafar odam karantinga olingan. Ulardan uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olinganlari 68 887 nafarni tashkil qilmoqda. 18 239 kishi esa tibbiyot muassasida karantinga olingan. 5581 kishi karantindan chiqarilgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugunga qadar karantin qoidalariga amal qilmagani uchun 7157 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Karantinga rioya qilmay, qonun buzganlar viloyatlar kesimi bo‘yicha quyidagicha:

Toshkent shahri – 1046 nafar;
Farg‘ona viloyati – 951 nafar;
Jizzax viloyati – 772 nafar;
Samarqand viloyati – 712 nafar;
Toshkent viloyati – 632 nafar;
Namangan viloyati – 630 nafar;
Surxondaryo viloyati – 463 nafar;
Andijon viloyati – 456 nafar;
Buxoro viloyati – 406 nafar;
Qashqadaryo viloyati – 346 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 230 nafar;
Sirdaryo viloyati – 229 nafar;
Navoiy viloyati – 169 nafar;
Xorazm viloyati – 115 nafarga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, karantinga amal qilmaganligi uchun Samarqand ivloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 1 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi. Hozirgacha koronavirus aniqlangan ikki kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing