O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzgan 90 kishi javobgarlikka tortildi
Jamiyat
−
25 mart 2020
7355O‘zbekistonda 28 066 kishi karantinda saqlanmoqda. Ularning eng ko‘pi hududidiy kesim bo‘yicha poytaxt Toshkent va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa, eng kami Surxondaryo viloyatida.
Mamlakatda karantin qoidalariga rioya qilmagan 87 kishi ma’muriy javobgarlikka, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.
Ularning 12 nafari Toshkent shahriga, 16 nafari Toshkent viloyatiga,14 nafari Jizzax viloyatiga, 6 nafari Samarqand viloyatiga, 15 nafari Buxoro viloyatiga, 2 nafari Farg‘ona viloyatiga, 1 nafari Namangan viloyatiga, 9 nafari Qashqadaryo, Sirdaryo, Navoiy, Surxondaryo va Xorazmda 3 nafardan to‘g‘ri kelmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida karantin qoidalarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganlar yo‘q.
Ammo Qoraqalpog‘istonda 1 kishi va Samarqand viloyatida 2 kishi karantin qoidalarini buzgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
LiveBarchasi