O‘zbekistonda karantin davrida to‘y o‘tkazishga ruxsat berilmoqda
Jamiyat
−
30 may 2020
49716Biroz avval, O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirilgani haqida xabar bergan edik. Qaror bilan “yashil” hududlarda to‘y va oilaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berildi.
Bunda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat beriladi.
O‘z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
LiveBarchasi