O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi 715 ming so‘m bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir kishining bir oylik minimal iste’mol xarajatlari 715 ming so‘m deb e’lon qilindi va bir kishilik xarajat shundan oshadigan oilalar rasman kambag‘al deb hisoblanmaydi. Bu haqda bugun, 4 mart kuni Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan “Minimal iste’mol xarajatlari qiymati to‘g‘risida”gi hisobotda keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2025 yil (yillik) inflyatsiyaning oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar bo‘yicha narx indekslari asosida alohida indeksatsiya qilish natijasiga ko‘ra, 2026 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga (669 ming so‘m) nisbatan 6,9 foizga yuqori.

Jahon tajribasida minimal iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichidan kambag‘allik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichdan:

  • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy ko‘maklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
  • mamlakatning kambag‘allik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real iste’mol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
  • kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
  • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambag‘al oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy ko‘maklarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

minimal iste'mol xarajatlari kambag'allik chegarasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing