O‘zbekistonda quyosh energiyasi bilan bog‘liq qanday vaziyat yuzaga kelgan?

Biznes

image

O‘zbekiston qayta tiklanuvchi quvvat manbalarini rivojlantirish va keng joriy etishni maqsad qilgan. So‘nggi yillarda turli maqsadlardagi quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Samarqand va Navoiy viloyatlarida ikkita yirik fotoelektr stansiyasini bunyod etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi. Mazkur yo‘nalishda quvvatlarni oshirish bo‘yicha rejalar belgilab olindi, shuningdek, uy xo‘jaliklari tomonidan texnologiyalarni jadal sur’atlar bilan o‘zlashtirish uchun subsidiyalar ajratilmoqda.

Bugungi kunda davlat idoralari, korxonalar, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda biznes tomonidan “quyosh yechimlari”ga o‘tishga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda, zero O‘zbekistonda “quyosh yechimlari” regulyatorlari, distribyutorlari va yetkazib beruvchilaridan iborat ekotizimni yaratishga erishilgan.

Alteregoning "Quyosh quvvati" yangi sonida Energetika vazirligi mutaxassislari, D.I.Mendeleyev nomidagi universitetning Toshkent shahridagi filiali, Toshkent shahar Davlat Soliq boshqarmasi, shuningdek, Huawei va Photomate kompaniyalari bu boradagi muvaffaqiyatli keyslari hamda tajribalarini o‘rtoqlashdi.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Huawei QTQM Photomate

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made