O‘zbekistonda qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlari belgilab chiqildi
Jamiyat
−
03 iyun 2019
3325Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasini ishlab chiqdi. Bu haqda Norma nashri ma’lum qildi.
Loyiha 2018 yilning 19 sentyabrdagi PQ–3946-son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan, unga ko‘ra 2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiradilar.
Loyihada taklif qilinayotgan normalar amaliyotda qo‘llanilgan prinsiplar asosida tuzilgan. Ularning joriy etilishi ko‘rsatilgan auditorlik xizmatlari natijalariga ishbilarmonlar va umuman jamoatchilik ishonchini shakllantirish va oshirishga yo‘naltirilgan xalqaro standartlar asosida auditorlik xizmatlari bozorining yanada rivojlanishini, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilanganining asosiy omili sifatida auditorlik kasbi nufuzi va auditorlik xizmatlari sifati oshishini ta’minlaydi.
Nizom loyihasida O‘zbekiston hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlari (AXS) belgilangan, ya’ni:
a) sifat nazoratining xalqaro standarti;
b) moliyaviy axborot auditining xalqaro standartlari;
v) moliyaviy axborot auditining amaliyoti to‘g‘risidagi xalqaro hisobotlar;
g) obzorli tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha vazifalarning xalqaro standartlari;
d) ishonchni ta’minlovchi, moliyaviy axborot auditi va obzorli tekshiruvlaridan farqlanuvchi vazifalarning xalqaro standartlari;
ye) audit bilan birga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xalqaro standartlari;
j) Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan auditning xalqaro standartlarining ajralmas qismi sifatida belgilangan boshqa hujjatlar;
z) yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarga («a»-«j») kiritiladigan o‘zgartirishlar.
Shuningdek hujjatda O‘zbekistonda qo‘llash uchun AXSni tan olish tartibi taklif etilgan:
• Xalqaro buxgalterlar federatsiyasidan davlat tiliga tarjima qilingan AXS matniga huquqlarning berilishini tasdiqlovchi hujjatni olish;
• rus tilidagi AXSdan foydalanish huquqini olish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan shartnoma imzolash;
• davlat va rus tilidagi AXS matnini Moliya vazirligining veb-saytlarida e’lon qilish;
• AXS hujjatlarining dolzarbligini ta’minlash.
LiveBarchasi