O‘zbekistonda qotillikda gumonlanayotgan shaxs Qozog‘istonda ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda qotillik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvda bo‘lgan shaxs Qozog‘iston hududida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Samarqand shahri Qadoqchilar ko‘chasida yashagan R.G.ga nisbatan qotillik jinoyatini sodir etib, tergov organlaridan yashiringan 29 yoshli fuqaro O.A. olib borilgan qidiruv ishlari natijasida Qozog‘istonda qo‘lga olingan.

"Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Irkutsk shahrida 16 yildan beri qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik gumonlanayotgan shaxs

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing