O‘zbekistonda qiynoq holatlarini aniqlash bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi
Jamiyat
−
26 iyun 2021
7115Avvalroq, O‘zbekiston Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.
Qarorga muvofiy Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi ekspert guruhi negizida Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etildi.
Ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida (keyingi o‘rinlarda – harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar) qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflarini muntazam ravishda amalga oshirish;
- harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlash shart-sharoitlarini o‘rganish va ular yuzasidan axborotlarni jamoatchilikka e’lon qilib borish;
- qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish;
- qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
- qiynoqqa solish holatlarini ekspertlik baholash masalalari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
- qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilishida ishtirok etish;
- qiynoqqa solish xavfining oldini olish hamda bu sohada ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
LiveBarchasi