O‘zbekistonda qidiruvga berilgan jinoyatchilar Rossiyada qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Joriy yil boshidan beri tergov va suddan qochib yurgan 9 kishi Rossiyadan Toshkentga yuborildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB so‘roviga ko‘ra, joriy yilning 17 mart kuni Moskvada jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan 3 kishi qo‘lga olingan. Hibsga olinganlardan 27 yoshli Andrey Sh. firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etgani uchun, 27 yoshli Namangan viloyatilik Abdumutalibxon X. firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgani uchun, 32 yoshli Grigoriy S. giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish jinoyati uchun qidiruvga berilgan.

Joriy yilning 24 mart kuni Rossiyaning Novosibirsk shahrida Toshkent IIBB so‘rovi bilan 39 yoshli Lutfullo R. qo‘lga olingan. U firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgani uchun qidiruvga berilgan.

Barcha qo‘lga olinganlar uchun sud qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ular sud qilinishi uchun O‘zbekistonga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Rossiya qidiruv

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing