O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro Rossiyada qo‘lga olindi
3-sahifa
−
22 iyun
6206Rossiya politsiyasi xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining mintaqa bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya politsiyasi Rostov barlarida harbiy xizmat uchun ro‘yxatdan o‘tmagan sobiq muhojirlarga nisbatan reyd o‘tkazgan. Natijada O‘zbekistonda jinoyat sodir etib, keyin Rossiyaga qochib ketgan ikki shaxs qo‘lga olingan.
Boshqarmaning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot idoralari xodimlari rossiyalik hamkasblariga o‘z minnatdorligini bildirgan.
“Xorijiy huquq-tartibot idoralari vakillari jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikda olib borilayotgan ishlar nafaqat fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, balki ikki davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi Moskva shimoli-g‘arbida ayolni zo‘rlash bo‘yicha ikki o‘zbekistonlikka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Gap shundaki, 20 iyunga o‘tar kechasi Moskvadagi Stratonavtov ko‘chasidagi uylardan birining yonida ikki erkak zo‘ravonlik qo‘llagan holda, avval noma’lum bo‘lgan ayolga hujum qilgan va uni zo‘rlagan.
LiveBarchasi