O‘zbekistonda qaysi sohalarda korrupsion jinoyatlar ortgani aytildi

3-sahifa

image

2024 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar oliy ta’lim, transport hamda qishloq xo‘jaligi sohasida oshgan. Bu haqda bugun, 20 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2024 yilda respublika bo‘yicha jami 6 898 nafar shaxs tomonidan 5 716 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, 2023 yilga nisbatan korrupsiyaga oid jinoyatlar "Hududgazta’minot" AJ, Suv xo‘jaligi, mahalliy hokimliklar hamda bank sohasida kamaygan. Biroq oliy ta’lim, transport hamda qishloq xo‘jaligi sohasida bu ko‘rsatkich oshgan. Maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohalarida korrupsiyaga oid jinoyatlar salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda. 

Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi yuzasidan e’lon qilingan 55 ta xabarlar o‘rganilib, ularning 25 tasi bo‘yicha davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlarining mavjudligi hamda 5 tasida davlat xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan va qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilgan.

Davlat idoralarining funksiyalaridagi korrupsiya xavf-xatarlar darajasi baholashdan o‘tkazilib, 101 ta davlat organlari va tashkilotlarining 7 525 ta funksiyalaridan 495 tasi korrupsiya xavf-xatar darajasi “yuqori” deb topilgan.
"Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reytingi baholanib, 95 tashkilotning 42 tasi “yaxshi”, 38 tasi “qoniqarli” va 15 tasi “qoniqarsiz” deb topildi.  “Qoniqarsiz” baholangan rahbarlarning hisobotlari eshitilib, tanqidiy muhokama qilindi. Ochiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi", deydi Saparov 
Shuningdek, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.  Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.  Qonun kuchga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar davlat organlari va tashkilotlarida ishchi guruhlar tuzgan holda o‘rganildi. 

"O‘rganishlarda 182 nafar mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlari bevosita bo‘ysunuvida yoki nazorat ostida ishlayotgani, 1 ming 513 nafar xodimning davlat xizmati bilan bir vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgani bilan bog‘liq manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, bartaraf etildi", deydi u. 

Davlat idoralari faoliyati ochiqligi darajasini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi shakllantirilib, uning doirasida 103 ta davlat organlarining 31 tasi "yashil”, 43 tasi "sariq" va 29 tasi “qizil” rangga baholangan hamda bu tizim orqali barcha darajadagi rahbar xodimlarning ochiqlikni ta’minlash sohasidagi mas’uliyati oshirilgan.

Qolaversa, agentlikka 2024 yil davomida jami 4 176 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat maxalliy hokimliklarga 55 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 41 ta taqdimnoma kiritilgan, 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor qilingan, 6 ta jinoyat ishi, 10 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Agentlik tomonidan 327 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra 327 ta loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida  676 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlangan va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing