Mansabdorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi.

“Bu esa davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi”, deydi Burhonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyati Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining 5 nafar oila a’zolariga Pop tumani hokimining 2021 yil fevral oyidagi qarori bilan limon yetishtirish uchun issiqxona tashkil etish maqsadida ajratib berilgan 2 gektar yer maydonini o‘zining mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish hamda u yerda kottej tipidagi uy-joylar qurishi uchun ruxsat olib berish evaziga 160 ming AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Mansabdorlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing