O‘zbekistonda qat’iy karantin uzaytirilsa, imtihonlar muddatida o‘zgarish bo‘ladimi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini 2 sentyabrdan boshlash va 14 kun davomida o‘tkazish belgilandi. Ammo test sinovlarini o‘tkazish uchun avvalo karantin cheklovlari yumshatilishi kerak. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Test sinovlarini 2 sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan. Albatta, test boshlanishi vaziyatga qarab bo‘ladi. Respublika maxsus komissiya karantin cheklovlarini 15 avgustda yoki 31 avgustda bekor qilishsa, 2 sentyabrdan imtihonlarni boshlash ko‘zda tutilgan. Test bo‘lishi uchun karantin yo yumshatilishi, yo olib tashlanishi kerak”, dedi DTM rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qat’iy karantin saqlanib qolsa va o‘z o‘zidan imtihonlar muddatini cho‘zishga ehtiyoj bo‘lsa, bu masala Davlat qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq, yangi o‘quv yilidan OTMlar to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmasligi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing