O‘zbekistonda qarzni vaqtida qaytarmaganlik uchun javobgarlik bekor qilinmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda shartnomaviy munosabatlarda qarzdorlik muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Loyihada quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda:

•    debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborganlik;
•    korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzganlik;
•    shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga mulkiy zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarliklar bekor qilinmoqda.

Adliya vazirligiga ko‘ra, hozirda shartnoma taraflari o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ma’muriy javobgarlik ham belgilangan.

Bu esa shartnoma taraflariga majburiyatni bajarmaganlik uchun ikkita ta’sir chorasi qo‘llanilishiga, ya’ni ham ma’muriy, ham mulkiy javobgarlikka tortilishiga olib kelmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilg‘or xorijiy davlatlar qonunchiligida fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilmasligi holatini ma’muriy huquqbuzarlik sifatida e’tirof etish amaliyoti mavjud emas.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi

Baholaganlar

673

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing