O‘zbekistonda qancha maktab karantinga olingani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘yicha 163 ta maktab (1,6 foiz) hozirda masofaviy ta’lim shakiliga o‘tkazilgan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ma’lumot berdi.

Maktablarda o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan taqdirda, Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlari tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi va tuman (shahar) hokimligiga taklif kiritib, Halq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari yoki hududiy komissiya qarorlari bilan ayrim maktablarning faoliyati vaqtincha to‘xtatilib, 2 haftaga karantinga olinmoqda. Ushbu vaqt mobaynida mazkur maktablar onlayn tartibda faoliyat yuritadi.

22 aprel holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha jami 10008 ta maktabdan 163 tasi (1,6 foiz) maktablar masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilgan. Bu rakamlar Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib chiqib, o‘zgarib boradi.

2020-2021 o‘quv yili uchun “Onlayn maktab” ruknida jami 17 298 ta televizion dars o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tasvirga olingan va ulardan 15 362 tasi efirga uzatilgan.

“Onlayn maktab” ruknidagi televizion darslar joriy yilning 25 mayiga qadar belgilangan telekanallarda efirga berib boriladi. Shuningdek, uzeduonlinemaktab Telegram kanali orqali o‘quvchilar darslarni qayta ko‘rib chiqish imkoniyatlari ham mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

maktab XTV

Baholaganlar

1740

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing