O‘zbekistonda qancha kamera va radarlar o‘rnatilgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 12 sentyabr kuni yo‘l xo‘jaligi sohasini isloh qilish bo‘yicha dolzarb masalalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda shaharlarda yo‘llarni saqlash, qishki qarov va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari obodonlashtirish idoralari zimmasida ekani qayd etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda mas’ul idoralar mazkur vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirishi uchun shahar obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnikalar bilan jihozlash, yo‘l bo‘yida daraxt ekish ishlarini hududlarning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olib tashkil etish, ekilgan daraxtlarni sifatli parvarish qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. 

Shuningdek, yo‘l sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy texnikalarni boshqara oladigan mutaxassislarni tayyorlash muhimligi ta’kidlangan. Bugungi kunga qadar huquqbuzarliklarni qayd etuvchi jami 2,5 mingdan ziyod kamera va radarlar o‘rnatilishi va aholi joylarida harakatlanish 60 kilometr/soatga tushirilishi hisobiga mazkur hududlarda avariyalar 30 foizga kamaygani ma’lum qilingan. 

Majlis davomida shu kabi ishlarni davom ettirish, “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimlarini kengroq joriy qilish zarurligi aytib o‘tilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilning o‘tgan 8 oyida 470 ta mahallada ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlariga 410 milliard so‘m yo‘naltirilgani, 3 mingga yaqin mahalla yo‘llariga ilk bor asfalt yotqizilib, yana 2 mingta mahalladagi tuproq yo‘llar shag‘al qoplamaga o‘tkazilganligi haqda xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev radar kamera yig'ilish yo'l xo'jaligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing